Published 2023-05-31
Keywords
- baynalmilal terminlar, milliy til xususiyatlari, terminlarning milliylashtirilishi, interpretatsiya, analog, terminografik birlik, sohaga doir lug‘atlar.
Abstract
terminologik lug‘atlar har qanday bilim sohasini egallashda alifbo vazifasini bajaradi. Ayniqsa mutaxassis sifatida shakllanish sohaga oid terminlarni bilish bilan chambarchas bog‘liq. Ushbu maqolada yurisprudensiya sohasi oliy ta’lim muassasalarida sohaga doir lug‘atlarda berilgan internatsional terminlar tahlil qilindi. Tilning sofligini saqlash yo‘lidagi muhim choralardan biri sifatida terminlarni milliylashtirish masalasining ahamiyati ko‘rib chiqildi. Huquqshunoslik yo‘nalishi talabalari uchun yaratilgan lug‘atlar va ularda berilgan baynalmilal terminlar asosida terminlarni milliylashtirish bo‘yicha ilmiy-nazariy fikr-mulohazalar va amaliy tavsiyalar berildi. Muayyan internatsional terminologik birliklarning o‘zbekcha muqobili keltirildi. Baynalmilal terminlarning umumiy xususiyatlari, termin anglatadigan tushunchani ifodalay olish darajasi yoritildi. Bunday terminlarning tilga qabul qilinishi jarayonida ahamiyatga ega lingvistik qonuniyatlar tahlil qilindi. Shu asosda milliy tilning termin anglatadigan tushunchani nomlay olish jihati baholandi, bu jarayondagi umumiy tamoyillar aniqlandi. Huquqshunoslik sohasiga oid terminologik lug‘atlarda berilgan xalqaro va milliy terminlar qiyoslandi va ular genetik, derivatsion jihatdan statistik tahlil qilindi. Tahlil natijalari asosida ularning terminologik tushunchani nomlay olishiga oid xulosalar shakllantirildi. Shuningdek, yurisprudensiya yo‘nalishi talabalari uchun yaratiladigan lug‘atlarning tarkibiy tuzilishi haqida umumiy xulosalar shakllantirilgan. Ushbu tipdagi lug‘atlar boshqa soha lug‘atlari bilan solishtirildi va huquqshunoslikka doir lug‘atlarni takomillashtirish yuzasidan muayyan takliflar berildi. Terminologik lug‘atlarda, shuningdek, tilning umumiy izohli lug‘atlarida beriladigan huquqshunoslik terminlarining izohlanishi, xususan, izohda milliy va baynalmilal so‘zlardan foydalanish masalalasi ham tahlil qilindi. Yurisprudensiya sohasida qo‘llanuvchi internatsional birliklarning milliy til so‘zlari bilan sinonimiyasi masalasi tahlil qilindi. Terminni milliylashtirish masalasining huquq sohasi talabalari uchun sohaga oid bilimlarni egallash jarayonidagi afzalliklari ko‘rsatiladi.