Vol. 2 No. 2 (2023): “O‘ZBEK TILI MILLIY VA TA’LIMIY KORPUSINING NAZARIY VA AMALIY MASALALARI”
Статьи

LEKSIK ARXAIZM VA UNING SEMANTIZATSIYASI

Published 2023-05-31

Keywords

  • arxaizm, istorizm, tarixiy so‘z, leksema, semema, eskirgan so‘z, qo‘llanish davri chegaralangan so‘z, betaraf leksika, eskirgan leksika, yangi leksika.

Abstract

ushbu maqolada arxaizm hodisasi, uning lingvistik talqini, leksikografik tavsifi, semantik tasnifi bilan aloqador masalalar tahlilga tortilgan. Xususan, arxaizm, leksema arxaizm, semema arxaizm, istorizm, tarixiy so‘z tushunchalari doirasidagi lingvistik xususiyatlar, munosabatlardagi umumiylik va alohidaliklar tavsiflangan. Shuningdek, arxaizmning turlari, tasnifi, ularning yuzaga kelish sabab va omillari, uslubiy xususiyatlari yuzasidan fikr-mulohazalar yuritilgan.