Vol. 2 No. 2 (2023): “O‘ZBEK TILI MILLIY VA TA’LIMIY KORPUSINING NAZARIY VA AMALIY MASALALARI”
Статьи

SUBYEKTIV BAHO SHAKLLARINING USLUBIY QOʻLLANILISHINI KORPUSDA AKS ETTIRISH IMKONIYATLARI

Published 2023-05-31

Keywords

  • modellashtirish, uslubiy xoslanish, subyektiv baho, lug‘aviy shakl yasovchi, uslubiy teglashtirish

Abstract

Grammatik vositalarni stilistik jihatdan o‘rganish sof grammatik o‘rganishdan farq qiladi. Sof grammatik tahlilda ma’lum shakl yoki kategoriyani alohida olgan holda fikr yuritish imkoni bo‘lsa, stilistik jihatdan yondashuvda buning imkoni yo‘q. Unda ma’lum shakl, albatta, o‘z qurshovida kontekst bilan birga olinishi kerak. Chunki stilistika uchun ahamiyatli bo‘lgan konnotativ ma’no kontekst bilan bog‘liq ravishda hosil bo‘ladi. Bu jihatdan ma’lum darajada ingrent ekspressivlikka ega bo‘lgan subyektiv baho formalari ham mustasno emas. Shu nuqtayi nazardan ushbu maqolada o‘zbek tilidagi subyektiv baho shakllarining uslubiy qo‘llanilishi, modal ma’nolari, o‘zbek tili korpuslarida ularning uslubiy xosligini farqlash funksiyasi, uslubiy axborot beruvchi teglar tizimini shakllantirish masalasi xususida fikr yuritiladi.