Статьи
O‘ZBEK TILI TERMINOSISTEMASIDA TIJORAT VA MARKETING TERMINOLOGIYASINING O‘ZARO MUNOSABATI MASALASI
Published 2023-06-10
Keywords
- termin, terminologiya, tijorat terminologiyasi, bozor munosabatlari, iqtisodiyot, marketing, o‘zlashma termin.
Abstract
Ushbu tezis o‘zbek tilining terminologik leksikasi tarkibida tijorat, savdo-sotiq tushunchalarini ifodalovchi terminologik birliklarning yondosh terminologik tizimlar bilan munosabati masalasiga e’tibor qaratilgan. Xususan, iqtisodiyot, marketing, bank, moliya kabi sohalar terminologiyasida savdo-sotiq sohasi tushunchalariga aloqador terminlarning o‘rni, semantik xususiyatlari tahlil qilingan. Turli sohalar terminologiyasiga aloqadorlik kasb etuvchi terminlarning semantik tabiatida qaysi soha tushunchalari yetakchilik qilishi aniqlangan.