OʻZBEK POEZIYASIDA PEYZAJ TASVIRI

Authors

  • Sevinch Abdixamidova

Keywords:

Muhammad Rizo Ogahiy, Zokirjon Xolmuhammad oʻgʻli Furqat, Abdulhamid Choʻlpon, Abdulla Oripov.

Abstract

Badiiy asarlarda qoʻllanilgan tabiat tasviri ijodkorning uslubiy mahorati, qalamga olgan mavzusiga boʻlgan munosabati va ijtimoiy-iqtisodiy qarashlarini ochib berishda asosiy omillardan biri boʻlib xizmat qiladi. Shu sababdan ham yozuvchi va shoirlar tabiat manzaralari tasviriga juda koʻp bora yuzlanadilar. Ushbu maqolada oʻzbek she‘riyatida asrlar osha tabiat manzarasi tasviri ya`ni peyzaj janriga qay tarzda va nima maqsadda murojaat etilgani turli davrlarda yashab oʻtgan buyuk adiblarning asarlari misolida koʻrsatib berilgan. Maqolaning asl maqsadi esa, ushbu adiblarning she`r va gʻazallarni tahlil qilish orqali ular yashab ijod qilgan davr ruhini yoritib berishdir.

Downloads

Published

2024-02-20