XURSHID DOʻSTMUHAMMAD OGʻZAKI HIKOYALARIDA RUHIYAT
Keywords:
Ruhiy psixologizm, badiiy gʻoya, mavzu tushunchasi, “saf” soʻzining lugʻaviy ma’nosi, badiiy mahorat, ramziylik.Abstract
Ushbu maqolada yozuvchi Xurshid Doʻstmuhammadning “stol“,”chiroq” “daraxt” nomli hikoyalarida ruhiy holat va ijodkorning badiiy gʻoyasi ochib berilgan. Xurshid Doʻstmuhammadning gʻoya tanlash mahorati, kichik hikoyalarda ruhiy holat, hamda uning badiiy ijodi aks etgan hikoyalar taqqoslab oʻrganilgan. Mazkur hikoyalarning mavzu jihatini ijodkor oʻz tabiatidan olib yaratgan. Yozuvchi ijodida soʻzlarning qisqa va oʻz oʻrnida ifodalanganligi kitobxonni jalb etadi. Hikoyalarda gʻoya va mavzuga nisbatan falsafiylik mavjud. Har bir hikoyaning ichida bir ma’no yashiringan. Bu asarlarda kitobxon oʻzi uchun turli ma’nolarni kashf etadi. Gʻoya va mavzu ham ramziylikka yoʻgʻrilgan. Sarlavhalar ham ramziy tanlangan. Ruhiy holat inson hayotidagi kundalik jarayonda
boʻlayotgan hodisalardan kelib chiqib ifodalangan.