FITRATSHUNOSLIK – ISTIQLOL DAVRI ADABIYOTSHUNOSLIGI TALQINIDA
Keywords:
Jadid adabiyoti, adabiy tanqid, fitratshunoslik, diniy-ma’rifiy va qiyosiy tahlil.Abstract
Mustaqillik davri adabiyotshunosligi eng avvalo, oʻz oldiga jadid adabiyotini oʻrganish muammosini qoʻydi. Chunki jadidchilik adabiyoti XX asrda butun jahon miqyosida roʻy bergan barcha ijtimoiy-madaniy yangilanishlarni oʻz ichiga olgandi. Jadidshunoslikning ichida mustaqillik davri fitratshunosligi taraqqiy etdi. Ushbu maqolada milliy uygʻonish davrining yirik vakillaridan biri Abdurauf Fitratning ijodiy merosini tadqiq etilishi, yangicha baholanishi va fitratshunoslikning mustaqil ilmiy-estetik hodisa sifatida maxsus oʻrganilishi borasida soʻz yuritamiz.
Shuningdek, fitratshunoslikka doir ilmiy ish, tadqiqotlar olib borgan bir necha adabiyotshunos olimlarning ishlari bilan qisqacha tanishamiz.
Downloads
Published
2024-02-20
Issue
Section
IV SHO'BA