BADIIY MATN LINGVISTIK EKSPERTIZASI “ITYURAK” ROMANI MISOLIDA
Keywords:
lingvistik ekspertiza, badiiy tahlil, sud-ekspertiza, yuristlingvistika, atribut, konfliktli matnAbstract
Badiiy matnlarni lingvistik ekspertiza qilish bugungi kunning dolzarb masalalaridan hisoblanadi chunki badiiy matnlar inson ongiga ta’siri kuchli boʻlgan matnlar toifasidan hisoblanadi va bu kabi matnlarda muallif oʻz asl niyatini badiiy shaklga oʻrash imkoniyatiga ega boʻladi. Bu kabi asarlarda oʻquvchi ruhiyatiga, psixikasiga ta’sir qiluvchi va ularni noma’qul ishlarni qilishga undovchi voqealar tasvirlar uchrashi mumkin, qolaversa bu kabi matnlar orqali shaxs obroʻsiga va qadr-qimmatiga tajovuz holatlari mavjud boʻlgani sababli badiiy matnlar lingvistik ekspertizasi zaruriyati mavjud. Ushbu maqolada “Ityurak” romani haqorat, tahqirlash va kamsitish holatlari yuzasidan lingvistik ekspertiza qilindi va bunda haqorat semali soʻzlar izohli lugʻatlar yordamida tahlil qilindi.