ALISHER NAVOIY ASARLARIDA NUTQNING SALBIY VA IJOBIY JIHATLARI HAQIDAGI FIKRLARI
Keywords:
Til va undan oqilona foydalanish. Nutq va uning koʻrinishlari. Salbiy va ijobiy nutqni yuzaga chiqaruvchi vositalarAbstract
Alisher Navoiy asarlari mislsiz xazina, tuganmas boylikdir. Jamiyat uchun zarur boʻlgan har qanday masala borki, uning yechimi Navoiy asarlarida oʻz ifodasini topgan.Shunday masalalardan eng dolzarbi hisoblangan soʻzlash odobi, muloqot qilish madaniyati haqida ham adibning muhim oʻziga xos pozitsiya va talqinlari bor. Ayni nutq madaniyati va muloqot qilish odobi bugungi kunda bilishimiz oʻrganishimiz lozim boʻlgan muhim masala hisoblanib, Navoiy asarlarida bu masalaga doir atroflicha kerakli fikrlar bayon qilingan. Oʻrganish jarayonida Navoiyning nutqning salbiy va ijobiy tomonlari, ularni yuzaga keltiruvchi omillarni tahlil va taqqoslash metodi orqali oʻrganilib, oʻquvchida qiyoslash orqali har ikkisining foyda va zararini tushuntirishga harakat qilindi. Natijada eng muhim vazifamiz sanalgan tilimizni sofligini saqlash, yosh avlodni milliy vatanparlik ruhida tarbiyalash hamda tilimizga boʻlgan hurmatni yanada oshirishga e’tibor qaratildi.