OʻTKIR HOSHIMOV ASARLARIDA XOTIN-QIZLAR OBRAZI
Keywords:
Xotin-qizlar, Oʻ.Hoshimov, ona, obraz, onalar kuychisi, hurfikrlilik.Abstract
Maqolada “Oʻzbekiston xalq yozuvchisi” Oʻtkir Hoshimovning asarlaridagi bosh qahramonlar xotin-qizlar haqida fikr bildirilgan. “Dunyoning ishlari” qissasi, “Ikki eshik orasi” va “Tushda kechgan umrlar” romanlaridagi ona va xotin-qizlar obrazi tahlilga tortiladi. Biz buni ikki davr misolida tahlil qilamiz. Birinchi davr-katta yoshlilar davri, ikkinchi davr – yoshlar davri. Birinchi davrga
“Dunyoning ishlari”da Habiba buvi, Xolposh xola, Mehri xola, Niso xola, Hoji buvi, Zebi xola kabi, “Tushda kechgan umrlar”da Qurbonoy xola, Klasdiya Sergeyevna, Mariya Sergeyevna, Nina Ivanovna, Nazira kabi, “Ikki eshik orasi”da Qora amma, Xolposh xola, Bashoratxon, Marja opa, Oysara kabi obrazlar. Shuningdek, maqolada ushbu asarlar haqida olimlarning bildirgan fikrlari ham keltiriladi va munosabat bildiriladi.