NIYOZIY HAYOTI VA IJODINING OʻRGANILISHI
Keywords:
Niyoziy, shoir, devon, gʻazal, bayoz, qoʻlyozma.Abstract
Otaniyoz Qora Oxun – Niyoziy Tabibiy, Bayoniy, Avaz Oʻtar, Chokar, Faqiriy, Soʻfi, Rogʻib, Doiy, Devoniy kabi shoirlarga zamondosh boʻlgan. U oʻz zamonida shoir, tarjimon va xattot boʻlib tanilgan. Niyoziyning hayoti va ijodiga doir ilk ma’lumotlar Ahmad Tabibiyning “Majmuat ush-shuaroyi payravi Feruzshohiy”, Hasanmurod Laffasiyning “Tazkirai shuaro”, Bobojon Tarroh – Xodimning “Xorazm shoirlari va navozandalari” tazkiralarida uchraydi. Shoir ijodining badiiyati Dilshod Gʻayipov tomonidan oʻrganilgan. Biroq uning qoʻlyozma manbalari oʻrganilmagan.
Maqolada Niyoziyning hayot yoʻli, devon qoʻlyozmasi hamda bayozlardagi she’rlari manbashunoslik va matnshunoslik aspektida oʻrganildi.
Downloads
Published
2024-02-21
Issue
Section
IV SHO'BA