JAMSHID VA DIONIS OBRAZINING MUSHTARAK XUSUSIYATLARI

Authors

  • Mashxura Shakarboyeva

Keywords:

Obraz, paygʻambarlar, mif, ilohiy haqiqat, “Shohnoma”,prototip.

Abstract

Maqolada Firdavsiyning “Shohnoma”asaridagi afsonaviy Jamshid obrazidagi ba’zi bir xususiyatlarga N.A.Kunning “Qadimgi yunon afsona va rivoyatlari”asaridagi mifologik Dionis va Promotey qahramonlarining ba’zi bir xususiyatlari mosligi topilgan. Maqola qiyosiy-tipologik usul asosida tahlil qilingan. Tahlil qilish jarayonida bir necha olimlarning fikrlari keltirilgan. Mifologik Dionis, Promotey va afsonaviy Jamshid obrazidagi ba’zi bir xislatlar bilan islomiyat tarixidagi bir necha paygʻambarlar xususiyatlari mosligi topilgan. Fikr va mulohazalar hamda olimlarning keltirilgan fikrlaridan soʻng shunday xulosaga kelindi, har qanday mifologik va adabiy asarlar yaratilishida, albatta, ilohiy haqiqatlarning ta’siri sezilarli darajada namoyon boʻladi.

Downloads

Published

2024-02-22