FYODOR DOSTOYEVSKIYNING INTELLEKTUAL ADABIY QAHRAMON YARATISH USLUBI
Keywords:
badiiy adabiyot, psixologiya, inson, psixologik roman, psixologik tahlil, ruhiyat, analiz, sintez, badiiy tadqiq etish, Tolstoy, Dostoyevskiy.Abstract
Badiiy adabiyotning asosiy obyekti hamisha inson yashagan muhit va muhitning inson shaxsiga ta’siri masalasi boʻlib kelgan. Bu holat qaysi davrda boʻlmasin, oʻz ahamiyatini yoʻqotgan emas. Chunki inson doimo izlanishda, intilishda va rivojlanishda boʻladi. Inson ruhiy olamini anglash, uni tadqiq etish masalasi qadim zamonlarga borib taqaladi. Sharq va Gʻarb adabiyotida paydo
boʻlgan dastlabki xoh u epik, xoh u lirik yoki dramatik boʻlmasin, barcha asarlarda shaxsning oʻzaro ta’siri, tabiat va jamiyatning turmush tarziga bevosita oʻz kuchini koʻrsatishi masalalari badiiy asarlarda tasvirlanadi. Dostoyevskiy murakkab va ziddiyatli buyuk yozuvchidir. U hayotni yaxshi tushunadigan, maʼnaviy va moddiy johillikni yuzaga keltiradigan yolgʻon-u ikkiyuzlamachilikning, vijdonsizlikning basharasini ochib tashlaydigan shaxs sifatida adabiyotga kirib kelgan. U hamisha oʻz asarlarida shaxs va uning barkamolligi haqida boʻlgan savollarni oʻrtaga tashlaydi va yechishga harakat qiladi. Maqolada Dostoyevskiyning yuksak badiiy
mahorati va badiiy-estetik novatorligi haqida oʻz yuritiladi.