POLISEMANTIK SOʻZLAR TARIXIGA BIR NAZAR (“DEVONU LUGʻOTIT TURK” MISOLIDA)

Authors

  • Ra’no Choriyeva

Keywords:

soʻz, ma’no, polisemiya, polisemantik, koʻp ma’nolilik, metafora, metonimiya, bogʻlanish

Abstract

Polisemiya hodisasi qadim davrlardanoq olimlar diqqatini tortgan. Xususan, Mamud Koshgʻariy “Devonu lugʻotit turk” asarida soʻz ma’nolariga oid qimmatli ma’lumotlarni keltirgan. Ushbu maqolada “Devonu lugʻotit turk” da keltirilgan, XI asrda ajdodlarimiz tomonidan turli ma’nolarni ifodalash uchun qoʻllangan ayrim polisemantik soʻzlar ma’nolari orasidagi bogʻliqlik tahlil qilindi. Tahlil XI asrdagi soʻzlarning ma’no qirralari haqida ma'lumot berishi bilan birga, XI asrda yashagan ajdodlarimizning obyektiv borliqdagi narsa, voqelik, belgi, harakat va holatlarni bir-biri bilan aloqador holda qiyoslab idrok qilganligi, ularni tilda qay darajada aks ettira olganliklarini ham koʻrsatadi.

Downloads

Published

2024-02-23