XALQARO BAHOLASH DASTURLARI (PISA) TALABLARI ASOSIDA OʻQUVCHILARNING OʻQISH SAVODXONLIGINI OSHIRISH METODIKASI
Keywords:
oʻqish savodxonligi, PISA, tezkor tahlil, kreativ fikrlash, ilmiy matn, badiiy matn.Abstract
Ushbu maqolada xalqaro baholash dasturi (PISA) talablari asosida oʻquvchilarning oʻqish savodxonligini oshirish metodikasiga oid uslubiy tavsiyalar keltirilgan. PISA (inglizcha; Programme for International Student Assisment) testlari oʻquvchilarning haqiqiy hayotda kerak boʻladigan hodisalarni tahlil qilish, ulardan xulosa chiqarish va muloqotga kirishish koʻnikmalarini qay darajada egallayotganini, ta’lim tizimining bu oʻzgarishlarga qanchalik moslashayotganini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi. Ushbu xalqaro metod umumiy oʻrta ta’lim maktablarining 8-sinf oʻquvchilari orasida qanday natijalar koʻrsatgani haqida maqolada toʻliq bayonot beriladi.
Downloads
Published
2024-02-23
Issue
Section
VI SHO'BA