“DEVONU LUGʻOTIT TURK”DAGI GORIZONTAL VA VЕRTIKAL HARAKAT FЕ'LLARI
Abstract
Oʻzbek tilshunosligida turkiy tillarning qabila va urugʻ tillaridan urugʻ birlashmalariga aylanishidek muhim bir tarixiy davrida yaratilgan Mahmud Koshgʻariy «Devon»ining leksikografik xususiyatlari, leksik-semantik, morfologik, sintaktik jihatlari keng oʻrganilgan. Bugungi kunda ilm-fanning barcha tarmoqlarida boʻlgani singari, tilshunoslik fanida ham ushbu tarixiy lugʻat asosida koʻplab ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Zero, «...tarixiy-madaniy merosimiz namunalarini har tomonlama chuqur oʻrganish, buyuk alloma va mutafakkirlarimizning jahon ilm-fani va sivilizatsiyasi rivojiga qoʻshgan beqiyos hissasini targʻib etish, shu asosda yurtdoshlarimiz, avvalo yosh avlodimizni xalqimizning buyuk ma’naviy merosiga hurmat, ona yurtimizga mehr va sadoqat ruhida tarbiyalashga qaratilgan ishlarning natijadorligini tubdan oshirish boʻyicha dolzarb vazifalar turganini alohida ta’kidlash lozim»13ligi Mahmud Koshgʻariy qoldirgan bebaho ma’naviy merosni tilshunoslik nuqtai nazaridan oʻrganishga asos boʻlmoqda.