OʻSMIRLAR NUTQINING SHAKLLANISHIDA IJTIMOIY OMILLARNING AHAMIYATI

Authors

  • Shamshoda Rustamova

Keywords:

ogʻzaki nutq, oʻsmirlar nutqi, kattalar nutqi, yosh omili, nutq tezligi

Abstract

Shaxs ulgʻaygani sari uning nutqi ham rivojlanib boradi. Ammo oʻsmirlik davrida bola nutqi turli ta’sir doiralariga tushadi. Tadqiqot ishida mana shu tashqi ta’sirlar tufayli oʻsmir yoshdagi bola nutqi qanday holatda boʻlishi, kattalar nutqi (yetarlicha shakllangan nutq)dan qaysi jihatlari bilan farqlanishi oʻrganilgan. Tadqiqotda oddiy maktab va tilga ixtisoslashtirilgan maktabdan 40 nafar bola hamda 6 nafar katta yoshli ishtirokchilar nutqi diktofonga yozib olinib, tahlil qilindi. Natijada katta yoshli shaxslar va oddiy maktab oʻquvchilarining nutqi oʻrtasida katta tafovut boʻlganu holda, tilga ixtisoslashgan maktab oʻquvchilarining nutqi kattalar nutqiga har taraflama yaqin turishi kuzatildi.

Downloads

Published

2024-02-23