ABU RAYHON BERUNIY “QADIMGI XALQLARDAN QOLGAN YODGORLIKLAR” ASARIDA AYRIM ASTIONIMLAR XUSUSIDA
Keywords:
shahar nomlari, oykonim, astionim, margʻ, Quba, Numijkat, Margʻiyona, Kora.Abstract
Joy nomlari oʻz-oʻzidan paydo boʻlmagan, balki ular inson tafakkurining mahsulidir. Xalqlarning ona-tabiat, atrof-muhit haqidagi sinchkov kuzatishlari, kishilarning turmush tarzi va xoʻjaligiga oid boy tajribalari, koʻhna tarixning turli davrlarida boshidan kechirganlari, ulugʻ orzu va umidlarini aks ettirgan.Maqolada buyuk ajdodimiz Abu Rayhon Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida qoʻllangan ayrim astionimlarning ma’nolari va ularning etimologiyasi boʻyicha fikrlar yuritilgan.Nomlarda xalqlarning qadimiy an’ana, urf-odat hamda qadriyatlari oʻz izini qoldira olgan va nomlar milliy oʻzlikni anglashga xalqlarning ruhiy, ma’naviy sarchashmalari boʻlgan an’ana, udumlariga e’tibor berishga hissa qoʻshadigan vositalardan biri sanaladi.