OʻZBEK TILSHUNOSLIGIDAGI ILK SOTSIOLINGVISTIK QARASHLAR
Keywords:
sotsiolingvistika, bir tilli jamiyat, bilingvizm, subordinativ ikki tillilik, situativ ikki tillilik.Abstract
Bugungi oʻzbek tilshunosligining shakllanishi uzoq asrlar, xususan, X asrga, ayrim manbalarda esa VIII asrga borib taqalishi haqidagi fikrlar keltiriladi. XX asrning ikkinchi yarmiga borib, til tadqiqida shaxs omili birinchi pogʻonaga chiqqanligiga qaramay, insoniyat yaratilgandan buyon til va shaxs unsuri doimiy bir-birini taqazo etib keladi. Jumladan, zamonaviy tilshunoslik yoʻnalishi sanalgan sotsiolingvistikaning ham ilk ildizlari uzoq asrlarga borib taqalishi borasida taxminlar yoʻq emas. Til ijtimoiy hodisa oʻlaroq jamiyatdan ayro taraqqiy eta olmasligi haqidagi qarashlar fikrimizning isbotidir. Mazkur maqolada oʻzbek tilshunosligidagi ilk sotsiolingvistik qarashlar bugungi kun oʻzbek sinxron sotsiolingvistikasi terminologiyasiga qiyoslangan holda tadqiq etildi.