RANG BILDIRUVCHI SIFATLAR

Authors

  • Nasiba Qurbonova

Keywords:

sifat, rang, koʻchma ma’no, ramziylik, substantivatsiya, kolligatsiya, kollokatsiya, qora, ekspressivlik

Abstract

Ushbu maqolada sifat soʻz turkumi, xususan, rangni ifodalovchi sifat soʻz turkumiga oid birliklarning oʻzbek tilshunosligida oʻrganilishi xususida soʻz yuritiladi. Mazkur masalaga bagʻishlangan ilmiy tadqiqotlar oʻrganilib, tahlilga tortiladi. Rang bildiruvchi sifatlarning semalari ham tahlilga tortilib, misollar orqali yoritiladi. Sifatlarning boshqa soʻzlar bilan aloqaga kirishib , sintaktik birikma hosil qilishdagi terminlar va ularning ma’nolari izohlanadi.

Downloads

Published

2024-02-23