ALISHER NAVOIY DOSTONLARI TERMINLARINI OʻRGANISH ZARURATI

Authors

  • Umida Ubaydullayeva

Keywords:

termin, terminologiya, badiiy asar, Alisher Navoiy, Layli va Majnun.

Abstract

Tilshunoslikning terminologiya boʻlimi bugungi kunda zamon bilan hamnafas jadal rivojlanayotgan tilshunoslik sohalaridan biridir. Soha terminlariga doir bir qancha tadqiqotlar amalga oshirilgani holda, tilshunosligimizda badiiy asar terminologiyasiga oid izlanishlar sanoqli. Xususan, oʻzbek tilining asoschisi Alisher Navoiy asarlari terminlarini oʻrganish terminologiya uchun zaruriy ehtiyojlardan biri. Alisher Navoiy oʻz asarlarida turli fan sohalari va kasb-hunarga oid terminlarni qoʻllagan boʻlib, birgina “Layli va Majnun” dostonida bir yarim mingga yaqin terminlarning qoʻllanilganini kuzatdik. Bu terminlarni oʻrganish bugungi kun terminologiyasining tarkibiy xususiyatlarini, etimologiyasini oʻrganishda muhim manba boʻlib xizmat qiladi

Downloads

Published

2024-02-23