OʻZBEK TILIDA OMONIM TERMINLAR
Keywords:
termin, terminologiya, omonim, omonimiya, terminolog olimlar, tashqi omonimlik, terminologik lugʻat, omonimlar lugʻati.Abstract
Ilm-fanning barcha sohalari boʻyicha davr talablariga javob beradigan terminologik tizimlarni tartibga solish hozirgi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Mazkur maqolada terminologiya tizimida omonimlik munosabatlarining oʻzbek tilshunosligi terminlari misolida nazariy masalalari yoritilgan. Maqolada oʻzbek tilida omonim terminlarning yuzaga kelish sabablari, tasnifi va talqini tilshunoslikka xos manbalarga tayangan holda asoslanib, tahlilga tortilgan. Omonimiya hodisasi va omonimlikka ega til birliklari va ularning tadqiqi keltirilgan. Bu ishimizda filologik tahlil va analiz metodlaridan foydalanildi.
Downloads
Published
2024-02-23
Issue
Section
I SHO'BA